CHELESTA

CHELESTA (italyancha celeste — samoviy) — plastinkali klavishliurma musiqa cholg’u asbobi. Kichik pianino shaklida bo’lib, soddalashgan fortepiano mexanizmi va xromatik sozlangan po’lat plastinkalar yoki trubkalarga ega. Chelestani Parijdagi orolda Myustel firmasi chiqargan (1886) va tez orada uni frantsuz, rus kompozitorlari simfonik orkestrga kiritgan. Diapazoni 4 oktava (S1— S5). Mayin, kuychan (qo’ng’iroqchasimon) tovushi bilan ajralib turadi.