CHENSTOXOVA
CHENSTOXOVA — Polshaning Janubiy qismidagi shahar. Varta daryosi bo’yida. Chenstoxova voevodaligining ma’muriy markazi. Aholisi 248,9 ming kishi (2004). Transport yo’llari chorrahasi. Metallurgiya kombinati, mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, qog’oz, mebel sanoati korxonalari bor. Me’moriy yodgorliklardan 15-18-asrlarda qurilgan binolar (paulinlar monastiri) saqlangan.