CHERNIGOV

CHERNIGOV — Ukrainaning Chernigov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Desna daryosining o’ng sohilidagi port. Temir yo’l va avtomobil yo’llari chorrahasi. Aholisi 305 ming kishi (2001). Shahar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar 907 yilgi solnomada qayd etilgan. Chernigov 1802 yildan Chernigov gubernyasi markazi. Yengil (kamvolmovut kombinati, junga dastlabki ishlov berish, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari), oziq-ovqat (go’sht kombinati, sut zavodi, qandolat va makaron fabrikalari), mashinasozlik (avtomobil ehtiyot qismlari, ta’mirlash-mexanika va maxsus qirqish asboblari, radio asboblari ishlab chiqariladi), kimyo («Ximvolokno» ishlab chiqarish birlashmasi) sanoatlari mavjud. Uysozlik kombinati, musiqa asboblari (pianino), karton fabrikalari ishlab turibdi. Pedagogika instituti, 2 teatr, tarixiy, badiiy xalq dekorativ san’ati, M.M. Kosyubinskiy nomidagi adabiy-memorial muzey faoliyat ko’rsatadi. Tarixiy-me’moriy qo’riqxona. Me’moriy yodgorliklardan Spaspreobrajenie (11-asr), Boris va Gleb (11-asr) soborlari. Pyatniskiy cherkovi (11-asr oxiri — 13-asr boshlari), Lizogub uyi (1690 yillar), eles ansambli (17-asrda asos solingan) tarkibida Uspenie sobori (11-asr) va troisa monastiri (17-18- asrlar) saqlangan.