CHET EL YURIDIK SHAXSLARI

CHET EL YURIDIK SHAXSLARI — rezidentlar va norezidentlarga bo’linadi. Rezidentlar O’zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatuvchi norezident yuridik shaxslar: doimiy muassasa orqali faoliyat ko’rsatuvchi; doimiy muassasa bo’lmasdan faoliyat ko’rsatuvchi yuridik shaxslarga bo’linadi. Birinchi guruhdagilarning O’zbekistonda olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib soliqqa tortiladi. Ikkinchi guruh norezidentlarning O’zbekiston hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari manbayida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa tortiladi (ushlanib qolinadi).