CHIG’ATOYLAR
CHIG’ATOYLAR — Chig’atoy ulusini idora etgan chingiziy sulola (1224— 1404). Chingizxonning 2-o’g’li Chig’atoy ismidan kelib chiqqan. Chig’atoy ulusi hukmdorlari: Chig’atoyxon (1224-42), Qora Huloku (Haloku) ( 1242-46, 1252), esu Munke (1246-57), Orqina (Ergene) xotun (1252-61), Olg’u (1261-65), Muborakshoh (1265-66), Baroqxon (1266-71), Nikpay (1271-72), To’g’a Temur (1272-74), Duvaxon (1274-1306), Kunchak (1306-08), Toliqu (1308 — 09), Kebak (1309; 1318- 26), Esan Bug’o (1309 — 18), Elchigadoy (1326), Duva Temur (1326), Tarmashirin (1326-34), Jingshi (Jankshi) (1334-35), Buzan (Puran) (1335-38), Esun Temur (1338-40), Ali Sulton (O’qtoy naslidan) (1340-42), Muhammad (1342-43), Qozon (134346), Donishmandcha (O’qtoy naslidan) (1346— 48), Bayonqulixon ( 1348-58). 14-asr o’rtalarida Chig’atoy ulusi parchalanib, ulusning Sharqiy qismi — Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va mo’g’ul qabilalarini o’z ichiga olgan Mo’g’uliston davlati tashkil topadi. Tug’luq Temur Mo’g’uliston xoni qilib ko’tariladi. Chig’atoy ulusining g’arbiy qismida 1370 yil Amir Temur saltanati vujudga keladi. Sohibqiron taxtga chingiziylardan bo’lgan Suyurg’atmishxon (1370-88), Sulton Mahmudxon (1388— 1404) larni rasman xon qilib ko’tarib, hatto ularning nomidan yorliqlar chiqartirib, pullar zarb ettirgan.