CHILYOSIN
CHILYOSIN (Chihil Yosin; forscha qirq Yosin) — Qur’onning Yosin surasini o’qish bilan bog’liq bo’lgan diniy odat. Musulmon an’anasiga ko’ra, og’ir kasalni tuzatish yoki yengillashtirish maqsadida Yosin surasi bemorning ustida 40 marta o’qilib, unga dam solinadi.