Ching’il nimani anglatishini bilasizmi
Ching’il nimani anglatishini bilasizmi – dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo’yi 2 metrga boradigan buta o’simligi. Tabiiy holda O’zbekistonda, to’qaylarda, ariq va jarlar yoqasida o’sadi. Aprel-avgustda gullab, iyun-sentabrda meva tugadi. Guli sapsarsimon-pushti rangda bo’ladi. Har qanday tuproq, hatto sho’r tuproqlarda ham o’sadi. Urug’laridan va ildiz bachkilaridan ko’payadi. Qumloq va sho’r tuproqlarni ko’kalamzorlashtirish uchun qo’llanadi.


