Chinni Yevropada qay tariqa paydo bo’lgan?
Chinni bobida ham xitoyliklarning boshqa ixtirolari — porox va kitob chop etish amallariga oid bo’lgan xususiyatlar takrorlanadi. Yevropaliklar ularni yangitdan ixtiro qilishga majbur bo’lishdi, chunki xitoyliklar o’z bilimlarini hech kim bilan baham ko’rishmasdi-da. Chinni tayyorlash sir-asrori Saksoniya qiroli Pahlavon Avgustinninng saroy kimyogari — Yogann Byotger tomonidan yechilgandi. Zikr etilgan qirol Prussiya qiroliga Xitoy chinnisi evaziga butun boshli gusarlar polkini berganidan keyin u Byotgerga chinni tayyorlash yo’lini topishni taklif qiladi. Xuddi boshqa ko’pgina al-kimyogarlar singari Byotger ham go’yo yordamida istalgan metall oltinga aylanib qoluvchi «falsafa mahagi»ni izlash bilan band edi. Bir talay tajribalar o’tkazganidan keyin u Meysen gilidan chinni tayyorlashga muvaffaq bo’ladi. To’g’ri, xitoylarnikidan farqli o’laroq u oppoq emas, balki jigarrang edi. Qirol avgust Albrextburgning Meysen qo’rg’onida ilk chinni manufakturasini jihozlagan edi. Bu korxonada Byotger nihoyat oq chinni tayyorlashga musharraf bo’ladi. Avvaliga chinni idishlarni faqat saroylar va aslzodalarning koshonalarida uchratish mumkin edi. Faqat 1707 yilda Meysen chinnisi ilk daf’a savdoda — Leypsig ko’rgazmasida paydo bo’ladi. Chinnining ham badiiy ahamiyati, ham amaliy ahamiyati kelgusida saqlanib holdi. Kundalik ehtiyojlar uchun idishlar qatorida chinnidan qolip-rasmlarini buyuk musavvirlar va haykaltaroshlar ishlagan haykalchalar, servizlar va boshqa buyumlar tayyorlandi. Basharti, masalan, P. Klodt va E. Lansere singari yirik rassomlar Rossiyadagi Lomonosov zavodi bilan hamkorlik qilishgan. Asrimizning yigirmanchi yillarida mazkur korxonada A. Chexonin boshchiligida butun boshli ustalar avlodi mehnat qilishadi. Ular yaratgan chinni buyumlar endilikda bag’oyat noyob va dunyoning aksariyat yirik muzeylarida namoyish etilayotir.