Chitrang’i (Erysimum L.) nimani anglatishini bilasizmi

Chitrang’i (Erysimum L.) nimani anglatishini bilasizmi – karamdoshlar (Brassicaeae) oilasiga mansub, bir, ikki va ko’p yillik o’t o’simlik. Tibbiyotda ikki turning yer ustki qismi qo’llaniladi. Shabo’y chitrang’i. Bo’yi 120 sm gacha yetadigan bir yillik o’t o’simlik. G’arbiy Yevropa qismi, Sibir va Uzoq Sharq o’rmonlarida o’sadi. Yoyiq chitrang’i (Kulrang chitrang’i) 40-80 sm baland bo’ladigan ikki yillik o’t o’simlik. Sibir va Markaziy Osiyodagi cho’llarda, toshli qiyaliklarda va butalar orasida o’sadi. Chitrang’i turlarining yer ustki qismi tarkibida erizimin va erizimonzid yurak glikozidlari, urug’ida yana ko’p miqdorda yog’ bor. Dori preparatlari yurak-tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Kulrang chitrang’i quritilmagan yer ustki qismining shirasi va boshqa mushaklar tonusi oshishidan kelib chiqqan kasalliklarni davolash, jarrohlikda operatsiya vaqtida mushaklar tonusini bo’shashtirish hamda tabiiy nafas olishni to’xtatib turish uchun ishlatiladi.

Добавить комментарий