CHITTAKLAR

CHITTAKLAR (Paridae) — chumchuqsimonlar oilasi. 65 turni birlashtirgan 10 urug’i bor. Tanasining uzunligi 10-20 santimetr, og’irligi 7-25 gramm. Konussimon tumshug’i qisqa, burun teshiklari atrofi qilsimon par bilan o’ralgan. Oyoqlari baquvvat, tirnog’i ichiga qayrilgan. Nari va modasining rangi o’xshash; boshi va tomog’i kora, ko’kragi kora yo’lli sariq, tanasining usti, qorni va yoni sarg’ishko’kimtir. Chittaklar daraxt kovaklari va shox-shabbalariga uya quradi. Yilda bir (Janubiy mintaqalarda ikki) marta 3-16 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini modasi 12-13 kun bosadi. Jo’jalarini nari bilan modasi birgalikda boqadi. Chittaklar faqat hasharotlar bilan oziqlanadi; o’rmon, park, bog’ zararkunandalarini qirib fonda keltiradi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda oq chittak, sariq tomoq chittak, katta chittak, vahimaqush (uyasini daraxt novdalariga osiltirib quradi) kabi turlari yashaydi.