CHJANTSZYAKOU
CHJANTSZYAKOU, kalgan Xitoyning shimol qismidagi shahar. Yanxe daryosi vodiysida, Xebey provintsiyasida joylashgan. Aholisi 530 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Pekindan shimolga boriladigan qadimgi Kyaxta savdo yo’li ustida. Temir rudasi va toshko’mir qazib olinadigan va qo’ychilik rni markazi. Sanoat va transport jihozlari ishlab chiqariladigan yirik korxonalar, metallurgiya kombinati, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.