CHOGORI

CHOGORI, Goduinosten, dapsang — Qoraqurum tog’laridagi eng baland cho’qqi (8611 metr). Balandligi bo’yicha Jomolungmasan keyin 2-o’rinda. Granit va gneys jinslardan tuzilgan. Yirik muzliklar (Baltoro va boshqalar) bor. Chogoriga ilk bor 1954 yilda italiyalik alpinistlar L.Lachadelli va A.Kompanoni chiqqan.