CHOLA
CHOLA — qadimda va o’rta asrlarda Janubiy Hindistondagi davlat va hukmron sulola. Chola davlatining tarixiy markazi (Cholamandala) Tanjavur rayonida joylashgan. Davlat tili — Tamil tili bo’lgan. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida Chola kuchaygan, unga Tamilnadning boshqa rnlari (Pandyamandala, Tondaymandala, Kongumandala), Kerala, Karnataka, Andxraning bir qismi, Shri Lanka unga tobe bo’lgan. Bu davrda Tamilnadning iqtisodiy va madaniy yuksalishi kuzatilgan. 13-18- asrlarda Chola xonadoniga mansub shaxslar Janubiy Hindistondagi bir qator mayda knyazliklarni boshqarishgan.