CHO’LBAIR TOG’LARI
CHO’LBAIR TOG’LARI — Surxondaryo viloyatidagi tog’lar. Hisor tog’tizmasining Janubiy g’arbiy tarmoqlaridan biri. Surxondaryoning ung irmoqlari Holxanjar va To’polondaryo orasida joylashgan. Janubi g’arbdan shimoli sharqqa 60 kilometrdan ziyod masofaga cho’zilgan. Balandligi 1500-2500 metr. Eng baland joyi 3812 metr. Yon bag’irlari asimmetrik tuzilishga ega. Janubiy Sharqiy yon bag’irlari ancha tik (1500 metrgacha). Ko’plab daryo tarmoqlari bilan kesilgan. Cho’lbair tog’lari antiklinal tuzilishga ega, asosan, toshko’mir, perm, bo’r, paleogen, neogen davri cho’kindi tog’ jinslaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental. Yog’in shimoli sharqiy qismida 800 millimetrdan ziyod. Yon bag’irlaridagi bo’z, jigarrang, qo’ng’ir tuproqlarda bug’doydoshlar, turli butalar o’sadi, archazorlar, yong’oqzorlar bor. Hududidan yaylov sifatida foydalaniladi.