Chopg’un
Chopg’un-o’rta asrlarda ko’pincha yurish vaqtida qo’shinning oziq-ovqati, yem-xashagi va boshqa ehtiyojlari uchun, shuningdek qamalda qolgan aholi va qo’shinning tinkasini quritish maqsadida tevarak-atrofdagi qishloqlarga qilingan talonchilik bosqini. Chopunga minglab otliq askarlar – chopovullar ishtirok etgan va tez fursat ichida qo’lga kiritgan har bir narsani o’lja qilib olib kelgan. Masalan, 1502 yili Shayboniyxon Hisor va Chag’oniyon ustiga qo’shin tortib borganda Hisor qishloqlarini shu tarzda talagan.