CHORVACHILIK
CHORVACHILIK — qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shug’ullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, ho’kiz, tuya, bug’u), oziq-ovqat mahsulotlari (sut, qatiq, go’sht, yog’, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, mo’yna va hokazolar), dehqonchilikhsh organik o’g’it bilan ta’minlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yog’i olingan sut, go’shtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil dori-darmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bog’liq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, cho’chqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bug’uchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga ko’ra Chorvachilik rivoji o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (million bosh) qoramol 1338,2; qo’y 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; cho’chqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqalar boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim o’rinda turadi (1999). Go’sht yetishtirish hajmi 225,9 million tonnani, sigir suti yetishtirish 480,6 million tonnani (yoki har bir sigirdan o’rtacha 2071 kilogrammni) tashkil etdi. Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qo’lga o’rgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida — neolitda bundan 15-10 ming yil avval boshlanganini ko’rsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega bo’lgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, so’ngra cho’chqa, qo’y va keyinchalik qoramollar va otlar (7-8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning Janubiy g’arbiy qismi va O’rta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qo’y, echki, cho’chqa, quyon, it, parrandalardan o’rdak va g’ozlar, Osiyoda buyvol, qo’tos, o’rkachli va o’rkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qo’y, cho’chqa, ot, it, quyon, tovuq, o’rdak, g’oz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir o’rkachli tuya, eshak, cho’chqa, mushuk, it, tsesarka tovuqlar, qo’y va echkilar qo’lga o’rgatilgan. Amerikada o’rkachsiz tuyaning ikki turi — Lama va alpaka, dengiz cho’chqasi, kurka va muskus o’rdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son ko’rsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nasl olish, sekin-asta mahsulot yo’nalishlari bo’yicha zotlari chiqarilgan. O’rta Osiyo hududi ham Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi. Chorvachilik ko’chmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo bo’yi, cho’l va tog’oldi, ko’l atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shug’ullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3-ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan (Farg’ona) da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, sut va go’sht beradigan qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, sut va go’sht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000 yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar O’zbekistonda ko’chmanchilik bilan uzviy bog’liq bo’lgan qo’ychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik ko’proq rivojlandi. O’zbekiston hududida 1916 yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qo’y va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab Chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar bo’yicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sug’orma dehqonchilik hududlaridagi xo’jaliklarda sut, sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va cho’chqachilik, tog’oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol bo’yi qamishzor va to’qayli hududlarida go’shtdor qoramolchilik, go’sht-yog’qo’ychiligi, yilqichilik, cho’l yaylovlarida qorako’lchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga ko’plab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil cho’l, shvis, Bushuev zotlari soni ko’payib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rayonlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorako’lchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorako’lchilik xo’jaliklari kata iqtisodiy samara keltirdi. 1930-33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xo’jaliklari, fermalari, stansiyalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish bo’ldi. 1932 yil Chorvachilik tajriba stansiyasi va 1935-39 yillarda Butunittifoq qorako’lchilik, O’zbekiston chorvachilik va O’zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutlarining tashkil etilishi Chorvachilikda ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazish, Chorvachilik fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xo’jaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil bo’ldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rayonlashtirilgan zotlari takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xo’jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo’jaliklari jamoa, shirkat xo’jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo’jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Chorvachilik yo’nalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 y.il 15 martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari to’g’risida»gi, 1994 yil 23 Fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to’g’risida», 1995 yil 24 martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash choratadbirlari to’g’risida» qarorlariga ko’ra, jamoa xo’jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go’sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Naslchilik to’g’risida» qonuni Chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1990-2003 yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xo’jaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qo’y va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, go’sht yetishtirish 18,6% ga ko’paydi, Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keladi. Chorvachilik ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yem-xashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qo’shimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari ko’paymoqda. Chorvachilikda veterinariya xizmati ko’rsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Chorvachilik mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya laboratoriyada olib boriladi. Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarqand, Andijon qishloq xo’jalik institutlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini ko’paytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Respublika qishloq va suv xo’jaligi vazirligining chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektsiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi va «O’zbek ipagi» uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlatshtga yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi O’zbekiston chorvachilik, qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi institutlari, baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va ipakchilik instituti, O’zbekiston veterinariya, O’zbekiston veterinariya-sanitariya va akarologiya (1991) institutlari shug’ullanadi. Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari etishtirish pitomnigida baliq zotlari (qora, oq, Amur, do’ng peshona) yetishtiriladi. «Naslxizmat» respublika naslchilik uyushmasi qishloq xo’jalik sub’yektlariga chorvachilik bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari bo’yicha sun’iy urug’lantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urug’larni qadoqlab, sun’iy urug’lantirish bilan shutullanuvchi «Naslxizmat» tashkilotlariga yetkazib beradi. Chet mamlakatlarda sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, qo’ychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yo’nalishidagi qoramolchilikrivojlang andavlatlarda (AQSh, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar) sigirlardan o’rtacha 8000-11000 kilogramm sut sog’ib olinadi. Sut mahsulotlari bilan ta’minlanishning eng yuqori ko’rsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kilogramm) yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol go’shti bilan ta’minlanish esa Argentina (110 kilogramm) va Urugvayga (106 kilogramm) to’g’ri keladi. Jahon miqyosida Chorvachilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Chorvachilikka keng joriy qilinmoqda. Ad.: Shchekin V.A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001. Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.