CHOSHNIGIR

CHOSHNIGIR (forscha tatib ko’ruvchi) — qadimda xon va podshoh saroyidagi mansabdor, shoh oilasi oshxonasining boshlig’i. Choshnigir hukmdorni zaharlanishdan saklash va taom ta’mini bilish maqsadida shohga tortiladigan taomlarni dastlab o’zi tatib ko’rgan. Choshnigirlar Sharq davlatlari, jumladan, Movarounnahr xonliklarida ham bo’lgan.