CHUKOTKA YARIM OROLI

CHUKOTKA YARIM OROLI – Osiyoning shimoli sharqidagi yarim orol. Rossiya Federatsiyasi Magadan viloyatida. Maydoni 49 ming kilometr kvadrat. Shimoliy Amerika (Syuard yarim oroli) dan bering bo’g’ozi orqali ajralgan. Yarim orolda Rossiyaning eng Sharqiy nuqtasi — Dejnev burni joylashgan. Chukotka yarim oroli Bering dengizining Anadir bo’g’ozi va Chukotka dengizi bilan o’ralgan. Qirg’oqlari qo’ltiqlar bilan kuchli kesilgan. Katta qismi Chukotka tog’liklari bilan band. Unda ko’plab botiklar orqali birbiridan ajralgan gumbazsimon qirlar mavjud. Yer yuzasining o’rtacha balandligi 400— 500 metr, eng baland yeri Janubda (Isxodnaya tog’i, 1158 metr). Chukotka yarim orolining katta qismi tundra o’simliklari bilan qoplangan. Foydali qazilmalari — oltin, qalay, volfram va boshqalar.