DAFTAR

DAFTAR — 1) tikilgan, muqovalangan, yozish yoki rasm solish uchun tayyorlangan bir necha varaqli toza qog’oz; 2) O’rta Osiyo xonliklarining davlat devonlarida olib borilgan kirimchiqim yozuvlari. «Daftari oliy» deb ham yuritilgan. Daftarga viloyatlar, amlok va qishloqlar bo’yicha davlat daromadlari va xarajatlari yozib borilgan. Daftar uzun qog’oz o’ramlaridan iborat bo’lib, poygir yoki tumor deb ham atalgan va xalqdan nihoyatda sir tutilib, daftardor (xonliklar devonlarida kirim-chiqim yozuvlarini olib boruvchi va Daftarni o’zida saqlovchi saroy xizmatchisi) qo’lida saqlangan.