Daha qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Daha qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Yangiariq rayonida. Bu so’z O’zbekistonning boshqa joylarida ham toponimlar tarkibida ko’plab uchraydi. Daha asli so’g’dcha – “qishloq” degan ma’noni bildiradi. O’rta Osiyoda shaharlarning bir bo’lagi ma’murky bo’linishi ham shu nom bilan yuritilgan. Turkiston Rossiyaga qo’shib olingach, qishloq joylarda daha o’rniga “volost” ta’sis etilgan. Buni mahalliy xalq “bo’lis, bo’lish, vo’lis” shaklida talaffuz qilgan. Toshkent shaharida bir qancha dahalar, jumladan, Ko’kcha, Beshyog’och, Sebzor, Shayxontohur kabi dahalar bo’lgan.

Добавить комментарий