Dahyakota qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Dahyakota qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Namangan oblastining Uychi rayonida. Dahyak termini diniy mazmunga ega bo’lganligi sababli unga “ota” so’zi qo’shilgan. Bunday hodisa toponimiyada ko’plab uchraydi. Cho’ponota, Zangiota yoki Usman buva kabi. Dahyak (forscha o’ndan bir) – vaqf yerlaridan olinadigan daromadning madrasa mullavachchalariga beriladigan qismidir. Bu mullavachchalar dahyakchilar deyilgan. Dahyak olish uchun talabalar arab tili va shariat qoidalaridan imtihon topshirganlar. Dahyak olgan talabalarga madrasani bitirgandan keyin qozi, imom, rais kabi lavozimlarni olish huquqi berilgan. Ana shunday mansabdorlarga qarashli yer, ayrim hollarda, ularning nomiga ushbu so’zni qo’shib aytish bilan boshqa yerlardan ajratilgan.

Добавить комментарий