Dalay-lama

Dalay-lama (mo’g’ulcha dalay-so’ngsiz (donolik) va lama)-Tibetdagi lamaizm ruhoniylari boshlig’i, dindorlar orasida katta e’tiborga ega. U o’lganda oliy lamalardan tuzilgan maxsus komissiya yangi tug’ilgan tibetlik chaqaloqlar orasidan Dalay-lamaning ilohiy mohiyati mujassam bo’lgan go’dakni qidirib topadi. U monastirga joylanib, maxsus tarbiyalanadi. Hozirda 14- Dalay-lama — Ten-zin Gyatso.