DALON

DALON — usti berk yo’lak. Odatda, bo’yi eniga nisbatan bir necha marta uzunroq bo’ladi. O’zbek xalq me’morligida, ko’pincha hovlining ichkari va tashqari qismlari o’rtasida o’tish joyi — yo’lak sifatida qurilgan. Xorazm viloyatida keng tarqalgan.