DAM BERILGAN SHUDGOR

DAM BERILGAN SHUDGOR – kuzda va bahorda haydalib, shudgor qilingan, muayyan muddat ekin ekilmagan dala; tuproq hosildorligini tabiiy tiklash vositasi tarzida qo’llanilgan agrotexnik tadbir. v tuproqlari yumshatilgan va begona o’tlardan tozalangan holda saqlangan, natijada bunday shudgor tuprog’ida o’simlik uchun oziq moddalari to’plangan. Hozirgi zamonaviy intensiv dehqonchilik tizimida deyarli qo’llanilmaydi.