DAO

DAO (xitoycha «Dao» — qonun, yo’l) — qadimgi Xitoy falsafasining muhim tushunchalaridan biri. Dastlab «yo’l», «tariqat» ma’nosini, keyinchalik falsafada tabiatning «yullari»ni, uning qonuniyatlarini bildirgan. Daosizmning asosiy tushunchasi. Koinotning bosh sababchisi, uning sirli qonuniyati; aql bilan bilib, so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan, lekin qamma narsada mavjud bo’lgan hayotiy butunlik. Dao — hamma narsaning asosi. Dunyo — Daoning «gavdalanishi»dir.