Darband

Darband (tojikcha dar — eshik dara; band — mustahkam, berk, tugun) — 1) ikki tog` orasidan, daradan o`tgan yo`l. Surxondaryo viloyatidagi dara Darbandi Ohanin (Temir Darvoza) deb atalgan. Dog`istondagi Darband shahri nomi ham shu so`zdan olingan. 2) eski adabiyotlarda: chegara, had, ba’zan qal’a, chegaradagi istehkom.