DARD TILLARI

DARD TILLARI — tillar guruhi. Afg’oniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. Dard tillari hinderon tillari tarkibiga kiradi, hind va fors tillariga nisbatan oraliq tillar hisoblanadi. Uchta kichik guruhga ajraladi. Ular orasida keng ma’lum bo’lganlari — kashmiri, shina, Ko’histon tillar guruhi (Sharq, kichik guruh); kxovar, kalasha, poshshoyi, tiraxi, Gavar, votipuri va boshqalar (Markaziy kichik guruh); ashkur, prasun, vaygali, kati, dameli (g’arbiy kichik guruh, ko’pincha kofiriy deb yuritiladi). Fonetikasida konsonantlik ustun. Nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan (g’arbiy kichik guruhdagi 4 til bundan mustasno), dimog’da talaffuz etiladigan va ba’zilarida yumshoq talaffuz etiladigan undosh tovushlar mavjud. Yozuvi faqat kashmiri alifbosi asosida.