DARDANELL BO’G’OZI

DARDANELL BO’G’OZI (turkcha Chanoqqal’a bo’g’ozi, Yunoncha Gellesponi — Gellar dengizi) — Yevropa (Bolqon yarim oroli) bilan Osiyo (kichik Osiyo yarim oroli) o’rtasidagi bo’g’ozlardan biri. Marmar va Egey dengizlarini qo’shib turadi. Dardanell bo’g’ozi aslida daryo vodiysi bo’lib, quruqlikning cho’kishi natijasida dengiz bo’g’oziga aylangan. Uzunligi 120,5 kilometr, eni 1,3—27 kilometr, chuqurligi 29-153 metr. Qirg’oqlari qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan bo’lib, siyrak o’simlik bilan qoplangan. Shimoli- sharqdan Janubi-g’arbga oqadigan yuza oqim Marmar dengizidan chuchukroq (sho’rligi 25,5%) suv olib ketadi, tezligi 2-6 kilometr/soat. Janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa oqadigan suv osti oqimi Egey dengizidan sho’r (sho’rligi 38,5% gacha) suv keltiradi. Dardanell bo’g’ozining Yevropa sohilida Gelibolu, Osiyo sohilida Chanoqqal’a portlari joylashgan.