DAROMADLAR

DAROMADLAR — bu subyektning xo’jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to’lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa shaxslarning xo’jalik subyekti resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning ko’payishidir. Daromadlar natural va pul ko’rinishida bo’ladi. Daromadlar soliqli va soliqsiz guruhlarga bo’linadi. Daromad tushunchasi haqida gap ketganda, milliy daromad, korxona darajasida (yalpi daromad, sof daromad) va alohida shaxslar ko’rilganda aholining pul daromadlari, fuqarolarning real daromadlari va shaxsiy daromad shaklida bo’lishi mumkin.