DARVESH MUHAMMAD

DARVESH MUHAMMAD (15- asr) — miniatyurachi rassom. Musavvir Shoh Muzaffar va Kamoliddin Behzodnning shogirdi. Hirotda, keyinchalik Hindistonda yashab ijod qilgan. U ko’chirib bezagan Sa’diyning «Guliston» asari qo’lyozmasi Eron davlat kutubxonasida saqlanadi. Shogirdi Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy» asarida ustozining asarlari (masalan, nayzasining uchida sherni ko’tarib turgan suvoriy) haqida to’xtalib o’tgan.