Darvinizm

Darvinizm — Ch.Darvin ta’limotiga asoslangan, organik dunyo rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqidagi nazariya. Shunga ko’ra, evolutsiya asosan o’zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanishning o’zaro ta’siri natijasida amalga oshadi. Уаngi belgi va xususiyatlar asosan o’zgaruvchanlik tufayli vujudga keladi. Irsiyat uni mustahkamlaydi, tabiiy tanlanishda esa sharoitga moslasha olmagan organizmlar nobud bo’ladi va nihoyat yangi turlаr shakllanadi.