DARVISH MAQSUD ANDIJONIY

DARVISH MAQSUD ANDIJONIY (15-asrning oxiri, Andijon — 16- asr, Buxoro) — sozanda, bastakor. Axiyi Hiraviyning shogirdi. Musikiy iste’dodi Hirotda kamolga yetgan. Shayboniyxon Hirotni olgach (1507), Hofiz Ushshoqiy, Xoja Boboyi Changiy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Hofiz Miroqiy Buxoriy va Hofiz boqiy Ro’diy singari mashxur san’atkorlar bilan birga Darvish Maqsud Andijoniyni ham Buxoroga olib ketgan. Darvishali Changiyning musiqa risolasida Darvish Maqsud Andijoniy — Jomiy g’azallariga ko’pgina savt va naqshlar bastalaganligi qayd qilingan.