DASHNOBOD
DASHNOBOD — Surxondaryo viloyati Sariosiyo va uzun tumanlaridagi soy, To’polondaryoning chap irmog’i. Hisor tizmasining tarmog’i — Qoldirg’a tog’ining Janubiy-g’arbiy yon bag’ridan oqib tushuvchi 60 ga yaqin irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshlanishida Sulpasan, yuqori oqimida Obizarang, o’rta oqimida Labob va quyi oqimida Dashnobod deb ataladi. Uzunligi 58 kilometr, havzasining maydoni 330 kilometr kvadrat. Dashnobod qor-yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 3,67 metr/sekund. Tulin suv davri mart — iyunda kuzatiladi, suvining 85— 90% shu oylarda oqib o’tadi. Dashnobodda suv aprelda keskin ko’payib (o’rtacha suv sarfi 12,3 metr kub/sekund), oktabr—noyabrda kamayadi, ba’zan qurib qoladi. Bahorda ko’pincha sel toshqinlari kuzatiladi va Daryo suvi 84,5 metr kub/sekundgacha ortadi. Dashnoboddan Obizarang, Sharg’un, Dashnobod, So’fiyon qishloq ekinzorlari sug’oriladi.