Dashti qipchoq nomi haqida eshitganmisiz?
Dashti qipchoq nomi haqida eshitganmisiz? – Sirdaryoning quyi oqimi va Balxash ko’lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan territoriyaning XV-XIV asrlardagi nomi. Dashti Qipchoq terminini dastlab Nosir Xisrav (1003-1088) qo’llagan, shundan boshlab arab va fors tillaridagi asarlar uchraydi. V.V.Bartoldning aniqlashicha Dashti Qipchoq aholisi Sharq manbalarida qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida – kumanlar deb yuritilgan. 1030 yilda Xorazmga qo’shni bo’lgan. XIV asrning 60-yillaridan boshlab sharqiy Dashti Qipchoq “o’zbeklar mamlakati”, uning aholisi o’zbeklar deb atala boshladi.


