DASTURXONCHI

DASTURXONCHI — 1) to’y va boshqa marosimlarda dasturxon ishlarini boshqaradigan ayol. Dasturxonchilikka ayollar mahalladagi chaqqon, pazanda, ishbilarmon ayolni saylab qo’yadilar (ba’zi shahar mahallalarida tayinlanadi). Dasturxonchini Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida kayvoni, xodim deb ham atashadi. Asosan, issiq ovqat tayyorlash va tortish, to’ydan so’ng idish-tovoqni saranjomlash ishlarini ham bajaradi, to’y yoki boshqa marosim (mas, aza) turiga qarab Dasturxonchining alohida xizmati bor; 2) Turkiston xonliklarida saroy xizmatchilaridan biri. Ular saroyga kelgan mehmonlarni kutib olish, ularning oldiga dasturxon yozib, taom keltirish, kuzatib qo’yish ishlarini boshqarib turishgan.