DAVLAT BOJI

DAVLAT BOJI — yuridik ahamiyatga ega bo’Igan harakatlar sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishlihuj jatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy to’lov. Turli instansiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o’tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning xarakteriga bog’liq.