DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARINI BUDJETLAR O’RTASIDA QAYTA TAQSIMLASH

DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARINI BUDJETLAR O’RTASIDA QAYTA TAQSIMLASH — l) quyi budjetlarga yuqori budjetlardan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari berish; 2) budjet ijrosi jarayonida paydo bo’lgan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek, quyi budjetdan yuqori budjetga yo’naltirish; 3) budjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika budjetidan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlariga tasdiqlangan Davlat budjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar budjetlariga tegishli tasdiqlangan budjetlar doirasida ajratilishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda paydo bo’ladigan daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish naqd pul aylanishi, yuqori budjetlarga beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag’lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni Respublika budjetiga o’tkazishi mumkin.