Davlat dehqonlari

Davlat dehqonlari (ruscha gosudarstvenniye krestyane)-Rossiya imperiyasida XVIII-XIX asrlarda maxsus aholi tabaqasi; davlat yoki xazina ixtiyoridagi yerda istiqomat qilib, shu yerda dehqonchilik, ovchhilik, chorvachilik bilan shug’ullangan, davlat xazinasiga natura yoki pul bilan soliq to’lab turuvchi va davlat ahamiyatiga ega ishlarni bajarishga majbur bo’lgan dehqonlar. Pyotr I farmoni bilan rasmiylashtirilgan. Ularning soni ayrim davrlarda mamlakat ziroatkor aholisining yarmini tashkil etgan. Pomeshchik dehqonlaridan farqli o’laroq, shaxsan ozod hisoblanganlar.