DAVLAT KOTIBI

DAVLAT KOTIBI — Yevropa va Amerikaning bir necha davlatlarida oliy davlat amaldorlarining nomi. Masalan, AQShda — Davlat departamenti, ya’ni tashqi siyosiy Mahkamasining rahbari; Buyuk Britaniyada — ichki ishlar, mudofaa, Shotlandiya ishlari bo’yicha va shu kabi ayrim mahkamalarning boshlig’i; Belgiyada Davlat kotibi amalda vazirlarning o’rinbosari hisoblanadi. Meksika va Lotin Amerikasining boshqa ba’zi mamlakatlarida Vazirlar Davlat kotibi deb nomlanadi.