DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI — davlat budjeti va nobudjet fondlar, soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.