DAVLAT MUASSASALARI SEKTORI

DAVLAT MUASSASALARI SEKTORI — Davlat muassasalari sektori quyidagi rezident institutsion birliklar guruhidan iborat bo’ladi: markaziy, regional (hududiy) va mahalliy davlat boshqaruvi birliklari, boshqaruvning barcha darajasiga mansub ijtimoiy ta’minot jamg’armalari, bozor munosabatlariga aloqasi bo’lmagan barcha notijorat tashkilotlar (NTT). Bu tashkilotlar, asosan, davlat nazoratida va moliyaviy ta’minotida budjetdan tarkib topadi.