DAVLAT SIRI

DAVLAT SIRI — oshkor etilishi taqiqlangan, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ma‘lumotlar. Ular maxsus ro’yxatlar bilan belgilab qo’yiladi. Davlat siri davlat, harbiy va xizmat siriga bo’linadi. Muhimlik darajasiga ko’ra «alohida muhim», «butunlay maxfiy» va «sirli» turlarga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasida Davlat siri hisoblanadigan ma‘lumotlar ro’yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi ―Davlat sirlarini himoya qilish to’g’risida‖gi qonuniga binoan o’rganiladi.