DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYALARINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYALARINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI — l) soliq to’lovchilar (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni ham qo’shib hisoblaganda)ning to’liq hisobga olinishini ta minlash; 2) soliq to’lovchilar tomonidan buxgalteriya hisoboti va balanslari, soliq hisob-kitoblari; hisobotlar; deklaratsiyalar va to’lovlarni hisoblash hamda to’lash bilan bog’liq bo’Igan barcha hujjatlarning o’z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish; shuningdek, foyda, daromad, soliqqa tortishning boshqa obyektlarining to’g’ri aniqlanganligi va hisoblanganligi bo’yicha bu hujjatlar to’g‘riligini tekshirish; 3 ) budjet oldidagi o’z majburiyatlarini bajarmaganlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar (jazolar) qo’llanilishining to’g’riligini ta minlash; 4) korxona, tashkilot va muassasalardan foyda (daromad) yoki soliqqa tortishning boshqa obyektlari pasaytirilganligidan (kamaytirilganligi) dalolat beruvchi hujjatlarni ko’rish, ularning mazmunini qayd etish va olib qo’yishni amalga oshirish (tegishli hujjatlarni olib qo’yish uchun asos bo’lib soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsining asoslangan qarori xizmat qiladi); 5) musodara qilingan va egasiz mulklar, shuningdek, meros qilish huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tkazilgan mulklar hamda topilmalarni hisobga olish, baholash va realizatsiya qilish ishlarini amlga oshirish; 6) budjetga tushishi lozim bo’lgan va haqiqatda tushgan soliqlar va boshqa to’lovlarning operativ – bexgalteriya hisobi yurgiziladigan hujjatlarni banklar, moliya organlari, korxona, tashkilot va muassasalardan olish; 7) davlat soliq inspektsiyalari va ularning mansabdor shaxslariga buxgalteriya hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va budjetga soliqlar hamda majburiy to’lovlarni hisoblash, shuningdek, to’lash bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlar taqdim etilmaganda yoki ularni taqdim etishdan bo’yin tovlangan hollarda korxona, tashkilot, muassasalar va fuqarolarning bank hamda boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob va boshqa schyotlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish; 8) ortiqcha to’langan yoki undirilgan soliq va yig’imlarni qaytarishni amalga oshirish; 9) yuqori soliq organlariga budjetga haqiqatda kelib tushgan soliq va boshqa to’lovlarning summasi haqidagi ma’lumotni tuzish, tahlil qilish va taqdim etish; 10) xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul muomalasi va nazorat-kassa mashinalarining qo’llanilishiga nisbatan qonunchilik talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.