DAVLAT TO’NTARISHI
DAVLAT TO’NTARISHI — davlat hokimiyatini qonunda ko’zda tutilmagan usullar bilan egallab olish, kuch ishlatib konstitutsiyaga xilof ravishda amalga oshirilgan to’ntarish yoki konstitutsiyaviy (davlat) tuzimni o’zgartirish, yoki davlat hokimiyatini kim tomonidan egallab olish (o’zlashtirish). Davlat to’ntarishi hokimiyatni tezlik bilan o’zgartirish bilan farqlanadi va odatda strategik muhim obyektlarni, ya‘ni teleradiostansiyalar, hukumat binolari, qo’mondonlik punktlari va boshqalarni egallashdan boshlanadi. Agarda Davlat to’ntarishi armiyaning hal etuvchi ishtiroki bilan amalga oshirilsa, u holda bu harakat harbiy to’ntarish deb ham aytiladi. Jiddiy qarama-qarshilik hollarida Davlat to’ntarishi fuqarolar urushiga aylanib ketishi mumkin.