DAVLATNING SAFARBARLIK IMKONIYATI
DAVLATNING SAFARBARLIK IMKONIYATI — davlatning egallab turgan barcha moddiy va ma‘naviy imkoniyatlari, keskin o’zgaruvchan vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitlarda hayotdagi muhim maqsadlarga erishish uchun avvalambor, milliy xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida ulardan cheklangan muddatda oqilona foydalana boshlashi. Davlat safarbarlik imkoniyati tarkibiy qismlari quyidagilar: xo’jalikning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qudrati, inson resurslari, strategik xom-ashyo va materiallarning zaxiralari, energetika va moliyaviy resurslari va h.k.lar. Inson resurslari alohida ahamiyatga ega. Qurolli kuchlarni to’ldirish va ularning jangovar qobiliyati, ishlab chiqarishning mudofaa tarmog’ini ishchi kuchi bilan ta‘minlash va shu kabilar aholining soni va sifatiga (ularning umumiy ma‘lumotga egaligi, professional, ma‘naviy-siyosiy tayyorgarligi va boshqalar). Davlat safarbarlik imkoniyati negizini iqtisodiyot, asosan, og’ir sanoat va mashinasozlik, energetika va transport tashkil etadi. Davlat safarbarlik imkoniyati amalga oshirish mamlakat, fan-texnika taraqqiyoti, harbiy jug’rofiy omillarga bog’liq.