DAVLATOV SOLI BOLTABOYEVICH

DAVLATOV SOLI BOLTABOYEVICH (1932.23.9, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — xujjatli kino rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1982). 1965-93 yillar O’zbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasida rejissyor. Faoliyatini havaskor sifatida boshlab, «Amu sohilida» hujjatli filmini (1964, Respublika ko’rigida 1-o’rin berilgan) suratga olgan. Eng yaxshi filmlari: «Ikki orden», «Jon Andijonim», «O’zbek atlasi», «Chiriyotgan xotira», «Beruniy», «Al-jabr — algebra», «Hamid Olimjon», «Surxon tongi» (Riga kinofestivalida Bosh sovrin olgan, 1985), «Yerga mehr», «Navro’z kelganda», «Yo’qotgach, kuyunamiz» va boshqalar.