DAVRAPOYA

DAVRAPOYA — 1) davralar qatoridan tuzilgan bezak, shakl; 2) davra ravoqning shokilador bo’laklaridan tashkil topgan turi. Kirish toqi (arki)ning umumiy nomi. Davrapoya peshtoqiga jimjimador bezaklar ishlanadi. Ba’zan kungurali, gulchambar nusxa naqsh bitilgan toqilar, yon qirralari va chekkasiga bezak ishlangan gumbazsimon yoki yarim aylana shaklidagi eshik va oynalar o’rni ham Davrapoya deyiladi. Tillakori madrasasi peshtoqidagi davrapoya bezagi.