Daymyo

Daymyo (yaponcha ayni ma’nosi to’ralar)-o’rta asrlarda Yaponiyadagi yirik mulkdor knyazlar. Daymyo atamasi XI asrda paydo bo’lib, yirik mulkdorlarni anglatgan. XIV-XV asrlardan XVI asr oxirigacha Daymyolar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishgan. Tokugava syogunlari hukmronligi davrida (1603-1867) mamlakat birlashtirilgandan so’ng, Daymyoga yerlarida olinadigan sholi hosili kamida 10 ming koku (1 koku 150 kilogramm)ga yetgan yirik mulkdorlar mansub bo’lishgan. Knyazliklar iqtisodiy va ma’muriy-siyosiy birliklar hisoblanib, ichki ishlarda Daymyo to’la hokimiyatga ega edi. Lekin hukumat Daymyolar ustidan har tomonlama nazoratni kuchaytirib, ularning yerlarini qisqartirgan. 1867-1868 yillardagi tugallanmagan burjua inqilobidan so’ng Daymyolar 1869-1871 yillardan marhum bo’lishgan, knyazliklar o’rniga prefekturalar barpo etilgan. Daymyolarga katta pul miqdorida tovon to’langan. Daymyolarning bir qismi yirik pomeshchiklarga (mulkdorlarga), ayrimlar aktsionerlar va sanoatchilarga aylangan. Saroy zodagonlari (kuge) bilan birga Daymyolar (1884 yili) oliy zodagonlar — kadzokuni tashkil etgan, u 1890-1945 yillarda Yaponiya parlamentidagi perlar palatasida katta imtiyozlarga ega bo’lgan.