Degrez qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Degrez qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Navoiy rayonida. Degrez fors-tojik tilida “cho’yan buyumlar quyuvchi usta” degan ma’noni bildiradi. Degrezlik yoki cho’yan quyuvchilik kasbi O’zbekistonda qadim zamonlardan beri mavjud bo’lib, urush qurollari, hunarmandchilik, qishloq xo’jalik va ro’zg’or buyumlari yasaganlar. Degrezlik hunari bilan shug’ullangan kosiblar ilgari alohida mahalla yoki guruh bo’lib yashaganlar. Ular yashagan joy shu kasb nomi bilan atalgan. Toshkentdagi Degrez mahallasi ham shu so’z bilan bog’liq.


