Dehqonchilik
Dehqonchilik — 1) qishloq xo`jaligining ekinlar yetishtirish bilan shug`ullanadigan muhim tarmog`i. Dehqonchilik dalachilik va bog`dorchilikdan iborat. Dalachilik ekin yetishtirish bilan shug`ullanib, yetishtiradigan ekinga qarab g`alla ekinlari, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari yetishtiradigan xo`jaliklarga bo`linadi. Bog`dorchilik ikki tarmoqdan — mevachilik va uzumchilikdan iborat; 2) qishloq xo`jalik o`simliklarini yetishtirish usullarini o`rganuvchi fan (agronomiyaning bir bo`limi).